Chempionlar ligasi tarixida gol urish rekordi yangilandi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) rasmiy saytida qayd etilishicha, Chempionlar ligasi asosiy bosqichi ikkinchi turida urilgan 78 ta gol musobaqa boshlanganidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich sifatida tarixga kirdi.
Tur doirasidagi 18 ta uchrashuvning teng yarmi — to‘qqiztasida tomoshabinlar besh va undan ortiq golga guvoh bo‘lishdi.
Eng ko‘p gol urilgan bellashuv Avstriya klubi LASK va Angliyaning "Liverpul" jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuv 3:6 hisobida yakunlandi.
Ilgarigi rekord 2025/26 yildgi mavsum Chempionlar ligasi asosiy bosqichi uchinchi turida o‘rnatilgan edi. O‘shanda ham 18 ta o‘yinda jami 71 ta to‘p kiritilgan.

Fikrlar