Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun asosiy da’vogarlar e’lon qilindi
PSJ Chempionlar ligasining bosh favoriti sifatida e’tirof etildi. "Goal" portali EChL guruh bosqichining uchinchi turidan so‘ng musobaqa g‘olibligiga da’vogar jamoalar reytingini yangiladi. Parijliklar hozircha eng yuqori o‘rinda qayd etilgan.
Luis Enrike boshchiligidagi PSJ bu mavsumda barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Jamoa umumiy guruh bosqichi jadvalida birinchi pog‘onani egallab turibdi.
Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lish uchun favoritlar o‘ntaligi:
1. PSJ
2. "Arsenal"
3. "Bavariya"
4. "Barselona"
5. "Real Madrid"
6. "Liverpul"
7. "Manchester Siti"
8. "Chelsi"
9. "Inter"
10. "Borussiya Dortmund"
"Goal" reytingni jamoalarning hozirgi natijalari, o‘yin sifati, tarkib chuqurligi va statistika ko‘rsatkichlari asosida tuzdi. Chempionlar ligasining keyingi turlaridan so‘ng bu ro‘yxatda o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.



Fikrlar