
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?
Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turidan so‘ng haftaning eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun to‘rt nafar nomzod saralab olindi. Nomzodlar ro‘yxatiga Kilian Mbappe ("Real Madrid"), Erling Xoland ("Manchester Siti), Yens Xauge ("Budyo-Glimt") va Rasmus Xyoylunn ("Napoli") kirdi. G‘olib ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi."
Mbappe "Qayrat"ga qarshi o‘yinda (5:0) xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Xoland "Monako" darvozasiga dubl yo‘lladi (2:2). Xauge "Tottenhem"ga qarshi bahsda (2:2), Xyoylunn esa "Sporting"ga qarshi o‘yinda (2:1) ikkitadan gol muallifi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, 3-tur uchrashuvlari 21 va 22 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozirgi vaqtda "Bavariya", "Real", PSJ, "Inter", "Arsenal" va "Qarabog‘" 6 ochkodan to‘plab, guruh bosqichida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar