Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ladi?

  • 11.12.2025 12:54
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

UEFA Chempionlar ligasining 6-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, sovrin uchun Noni Madueke ("Arsenal"), Jyul Kunde ("Barselona"), Oskar Glu ("Ayaks") va Sharl De Ketelare ("Atalanta") kurash olib boradi. Yakunlangan turda Madueke, Kunde va Glu dubl rasmiylashtirgan bo‘lsa, De Ketelare o‘z hisobiga 1 gol va 1 assist yozdirib qo‘ydi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda musobaqa turnir jadvalida "Arsenal" 18 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!