
Chempionlar ligasida jamoalarning turnirda g‘olib bo‘lish imkoniyatlari baholandi
FourFourTwo portali UEFA Chempionlar ligasining yangi mavsumida jamoalarning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. Turnirning asosiy favoriti amaldagi g‘olib - Frantsiyaning PSJ jamoasi hisoblanmoqda. Reytingda ikkinchi o‘rinni Kataloniyaning "Barselona" klubi egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Angliyaning "Liverpul" jamoasi yakunlagan.
O‘ntalikka shuningdek, "Real Madrid", "Chelsi", "Bavariya", "Arsenal", "Manchester Siti", "Napoli" va "Inter" klublari ham kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumidagi final o‘yinida PSJ va Milanning "Inter" jamoalari o‘zaro bellashgan edi. Luis Enrike shogirdlari Italiya top-klubini osonlik bilan 5:0 hisobida mag‘lub etishdi. Parijliklar tarixda ilk bor Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar