Chempionlar ligasida Rahmonalievning jamoasi, Husanovning esa o‘zi “ekzotik”, deb topildi
«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi
«Manchester Yunayted» yoshlar jamoasi tarkibida to‘p surayotgan rossiyalik hujumchi Amir Ibragimov UEFA Yoshlar ligasi uchrashuvida gol muallifiga aylandi. «Qizil iblislar» ozarbayjonning «Sabah» klubi yoshlarini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Amir Ibragimov uchrashuvni jamoa sardori sifatida boshladi va o‘yinning 2-daqiqasidayoq hisobni ochdi. «Manchester Yunayted» hujumchisi Jey-Jey Gabriyel uchta gol urib, xet-trik qayd etdi. Yana bir golni himoyachi Jeykob Uotson kiritdi.
Ibragimov 2021 yildan beri «Manchester Yunayted» tizimida to‘p surmoqda. Analitik platforma Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli futbolchining bozor qiymati hozirda 1 million yevro atrofida baholanmoqda.
UEFA Yoshlar ligasi bahslari 8 sentabrdan start olgan. Xalqaro musobaqa tartibi kattalar o‘rtasidagi turnirning guruh bosqichi taqvimiga mos ravishda tuzilgan. Har bir jamoa olti o‘yin o‘tkazadi — uchtasini o‘z maydonida, uchtasini safarda. Eng yaxshi 22 ta jamoa musobaqani 1/16 final bosqichidan davom ettiradi.

Fikrlar