Chempionlik masalasi hal bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘yin oldidan "Bavariya"da 2 ta jiddiy yo‘qotish
"Bavariya" etakchilari Robert Levandovski va Tomas Myuller kelgusi turda "Borussiya" Myunxengladbaxga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Bunga sabab ularning 30 tur doirasidagi "Bayer" bilan bahsda (4:2) sariq kartochka olganliklaridir. Ushbu kartochkalar har ikkala futbolchi uchun joriy yilgi Bundesliga mavsumidagi beshinchisi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, myunxenliklar "Borussiya" ochko yo‘qotgan taqdirda keyingi turdayoq chempionlikni rasmiylashtirishadi.

Fikrlar