Chempionlik uchrashuvidan oldan "Bavariya"da jiddiy yo‘qotish bor
"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tiago Alkantara jarohati sabab Bundesliganing 28-turidan o‘rin olgan "Borussiya" Dortmundga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi mushaklaridan olgan jarohatidan hali ham to‘liq foriy bo‘lmagan. U aynan shu sababli o‘tgan tur “Ayntraxt”ga qarshi bahsda ham ishtirok eta olmagandi.
Eslatib o‘tamiz, “Borussiya” Dortmund va “Bavariya” o‘rtasidagi bellashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
Fikrlar