Chempionlikni boy bergan Gvardiolaga hech kim kutmagan klubdan ish chiqdi

  • 20.05.2026 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlanishini bilan “Manchester Siti”ni tark etishi haqida ma’lumotlar tobora ko‘p tarqatilmoqda.

Shu bilan birga uning kelajagiga oid xabarlar ham chiqa boshlandi. Jumladan, Xosep Gvardiola faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.

Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis katta ehtimol bilan Manchester klubini tark etadi. Gvardiolani “An-Nasr” jamoa boshqaruviga olib kelishga jiddiy  qiziqish bildirmoqda. Bu jamoada Krishtianu Ronalduni to‘p surmoqda.

Saudiya klubi ispaniyalik murabbiyga yiliga 150 million dollarlik shartnoma (bonuslardan tashqari) taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola “Manchester Siti”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida “shaharliklar” olti marta Angliya Premyer-ligasi, besh marta Liga kubogi, uch marta Angliya kubogi va Angliya Superkubogini yutgan.

Shuningdek, manchesterliklar bir martadan Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!