
Cherchesov Rossiyani Evropa chempioni deb aytdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov koronavirus haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Koronavirus nafaqat futbolga, balki barcha sohaga kuchli zarba berdi. Ammo Rossiyada bu borada katta qo‘rquv va vahima yo‘q. Buni aniq bilaman, chunki men boshqa mamlakatlardan kelgan do‘stlarim bilan bu borda juda ko‘p gaplashaman.
Mening fikrimcha, Rossiya koronavirusga qarshi kurashda Evropa chempioni. Men Sputnik-V vaktsinasi bilan emlandim. Hozirda o‘zimni yaxshi his qilyapman va buni barchaga tavsiya qilaman”, - dedi Cherchesov.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi bugun “JCh-2022” saralashi doirasida Maltaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:45 da boshlanadi.
Fikrlar