Cherishev o‘ziga yangi jamoa topmasa bo‘lmaydi

  • 12.09.2020 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Valensiya" yarim himoyachisi Denis Cherishev jamoadan ketishga yaqin turibdi.

Cadena CER nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “ko‘rshapalaklar” rahbariyati rossiyalik futbolchining agentidan 5 oktyabrgacha mijoziga yangi jamoa topishni so‘ragan. Ammo Denisning o‘zi jamoadan ketmoqchi emas.

“Valensiya” Cherishevni moliyaviy inqiroz paytida maoshlarni kamaytirish uchun ham sotib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!