
Chexiya terma jamoasi to‘liq tarkibda almashtiriladi
Chexiya terma jamoasi a’zolarida koronavirus aniqlangani sabab, UEFA Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bahs noma’lum muddatga qoldirilgan edi.
Biroq, ushbu vaziyatdan chiqish yo‘li topildi. UEFA va Chexiya futbol assotsiatsiyasi vakillari o‘rtasidagi maslahatlashuvlardan so‘ng, mezbonlarning barcha futbolchilari va murabbiylari to‘liq tarkibda almashtirilishiga ruxsat berildi.
Shunday qilib, Chexiya – Shotlandiya uchrashuvi avval belgilanganidek, 7 sentyabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Fikrlar