Chўkayotgan “Tottenxэм”dan yulduzlar qocha boshladi

  • 17.03.2026 05:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Joriy mavsum inqirozga yuz tutgan “Tottenxem” kuchli futbolchilaridan ayrilishi mumkin. Jamoa yarim himoyachisi Xavi Simons va hujumkor o'yinchi Muhammad Qudus  agentlariga yangi jamoa izlashni topshirdi.

Bu haqida TheTouchline nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko'ra, ikki futbolchi ham hozircha “Tottenxem”ga Angliya Premier-ligasidagi o'rnini saqlab qolishga yordam berishga to'liq e'tibor qaratmoqda.

Biroq Simons ham, Qudus ham jamoa pastga tushib ketgan taqdirda Chempionshipda o'ynashga tayyor emas, shuning uchun ehtiyot chorasi sifatida boshqa variantlarga ega bo'lishni istamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!