
“Chonbuk Motors” klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini 5-o‘rinda yakunladi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Yaponiyada klublar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqaning 5-o‘rni uchun Osiyo qit’asi chempioni “Chonbuk Motors” hamda Afrika qit’asi chempioni “Mamelodi Saundauns” jamoalari o‘zaro maydonga tushdi.
Qiziqarli kechgan o‘yinda osiyoliklar yirik 4:1 hisobida zafar quchishdi. E’tiborlisi, Janubiy Koreya klubi uchrashuvdagi gollarning 3tasini 1-bo‘limda kiritdi.
Fikrlar