
Chortoqda O‘zbekistonning eng kuchli muaytaychilar jang qiladi
3 dekabr kuni Namangan viloyati, Chortoq tumanida professional muaytay kechasi tashkil etiladi. Ya’ni, Chortoq tumani prokurori kubogi, xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Mazkur jang kechasi ToniPro promoushenining ilk jang kechalaridan biri sanaladi. Ushbu promoushenining rahbari Qobilbek To‘laboevning ta’kidlashicha turnirda yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan muaytay ustalari Mavlonbek Qahhorov, Naimjon To‘htaboevlar jang qiladi. Ularga raqib sifatida Eron va turkiyalik sportchilar tanlangan.
Tez orada to‘liq juftliklarni ham e’tiboringizga havola etamiz. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar