CIES reytingi: Yamal — eng qimmat futbolchi, Husanov ham 100 talik ro‘yxatda!

  • 04.06.2026 14:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) tomonidan e’lon qilingan 549-haftalik reytingda jahon futbolidagi eng qimmat 100 futbolchi nomi ma’lum bo‘ldi.

Reytingga ko‘ra, Lamin Yamal 358 million yevro qiymati bilan birinchi o‘rinni egalladi. Undan keyin Erling Holand 227 million yevro bilan ikkinchi o‘rinda qayd etildi.

Uchlikni Kilian Mbappe yakunlab berdi (166 million yevro). Qayd etilishicha, 200 million yevrodan yuqori bahoga ega boshqa futbolchi mavjud emas.

Pozitsiyalar bo‘yicha eng qimmat futbolchilar ham alohida belgilandi: darvozabon — Janluiji Donnarumma, markaziy himoyachi — Pau Kubarsi, qanot himoyachisi — Niko O'Rayli, markaziy yarim himoyachi — Pedri, hujumkor yarim himoyachi — Arda Gyuler.

Yillik dinamikaga ko‘ra, eng katta o‘sish Yan Diomandega tegishli (+75 mln yevro, 119 mln yevro umumiy qiymat). Eng katta pasayish esa Aleksandr Isakda qayd etildi (−54 mln yevro).

Iyun oyidagi 2025 reyting bilan taqqoslaganda esa eng katta o‘sish yana Yan Diomandeda (+116 mln yevro), eng katta pasayish esa Jud Bellingemda kuzatilgan (−113 mln yevro).

Shuningdek, reytingga Abduqodir Husanov ham kiritilgan. Uning qiymati CIES hisob-kitobiga ko‘ra 65,1 million yevro etib baholangan.

CIES modeli to‘liq statistik hisob-kitoblarga tayanadi, Transfermarkt esa bozor tendentsiyalari va ekspert baholarini ham hisobga oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!