
Coca Cola Superliga. "Buxoro" mavsumdagi dastlabki g‘alabani qo‘lga kiritdi
Hozirgina Coca Cola Superligasi 11-turidan o‘rin olgan "Buxoro" hamda "Surxon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Bekoboddagi "Metallurg" stadionida kechgan uchrashuvda buxoroliklar minimal hisobda raqibdan ustun keldi.
Bellashuvdagi yagona gol 20-daqiqada kiritildi. "Surxon" futbolchisi Husniddin G‘ofurov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Shu tariqa, "ko‘hna shaharliklar" o‘zlarining mavsumdagi dastlabki g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar