
Coca Cola Superliga. Voha derbisida hisob ochilmadi, "Andijon"ning g‘alabasiz seriyasi davom etadi
Bugun Coca Cola Superligasida 5-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi. Viktor Kumikov boshqaruvidagi "Andijon" jamoasi Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 36-daqiqada Stanislav Andreev o‘zining chiroyli zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, birinchi taym so‘nggida 11 metrli jarima to‘pini aniq amalga oshirib, hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Shu tariqa, "ma’danchilar" hisobidagi ochkolar soni 10 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. G‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan "burgutlar" esa 2 ochko bilan 12-pog‘onadan joy olishgan.
Parallel ravishda kechgan "Mash’al" - "Nasaf" qarama-qarshiligida esa hisob ochilmadi. Shu tariqa, "ajdarlar" hisobidagi ochkolar soni 11 taga etdi va turnir jadvalidagi 2-o‘rinni o‘zida saqlab qoldi. 6 ochkosi bor "gazchilar" esa 9-pog‘onadan joy olishgan.
Fikrlar