
Husanovchi? Gvardiola birinchi o‘yindan keyin kim ketib, kim qolishini aytdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining yangi mavsumini muvaffaqiyatli boshlab oldi.
Xosep Gvardiola shogirdlari safar uchrashuvida “Vulverxempton” jamoasi darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p kiritdi va hozircha eng ko‘p gol urgan jamoa sifatida musobaqa jadvalining eng yuqori pog‘onasini o‘ziniki qilib turibdi.
Evropa futbolida yozgi transferlar oynasi 1 sentyabrga qadar ochiq bo‘lishi bois, bir qator jamoalar singari “Manchester Siti” tarkibida ham o‘zgarishlar davom etmoqda.
Qishki transferlar vaqtida va yozning boshida o‘n nafar yangi ijrochini o‘z safiga qo‘shib olgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola talabiga ko‘ra, ayrim o‘yinchilardan qutilishga harakat qilyapti.
Angliya Premer-ligasining birinchi turiga qadar “shaharliklar” mehnat shartnomasi tugagan Kayl Uoker, Kevin de Bryuyne, Skott Karson bilan butunlay xayrlashdi. Shuningdek, klub Vitor Reys, Maks Alleyn, Jek Grilishni boshqa klublarga bir mavsumga ijaraga jo‘natdi, klub tarbiyalanuvchisi Jeyms MakEytini “Nottingem Forest”ga to‘liq transfer qildi.
Jamoaning yana bir necha vakillari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Xo‘sh, kimlar ketadiyu, qaysi o‘yinchilar qoladi?
Sports.uz portali ana shu vaziyatga oid xabarlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Gardiola Riko Lyuisni qo‘yib yuboradimi?
Angliya Premer-ligasining badavlat klublaridan hisoblangan “Nottingem Forest” manchesterliklardan Jeyms MakEytini olganidan keyin endi Riko Lyuisga ko‘z tika boshladi.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 20 yoshli futbolchining kelajagi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
- O‘ylashimcha, Riko Lyuis jamoada qoladi. Har holda o‘zi menga shunday dedi. Balki erta yo indin hammasi o‘zgarib ketar. To‘g‘risini aytsam, men Riko Lyuis, Fil Fodkn va Niko O'Rayliga o‘zgacha bog‘lanib qolganman. Ular 16-17 yoshidan bizga Premer-ligada g‘olib chiqishimizga yordam bergan.
Hozirning o‘zida Riko Lyuis jamoada biz bilan qolishini aytishim mumkin, lekin ertaga nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Riko Lyuis “Manchester Siti”ning asosiy tarkibida jami 95 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini besh marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatgan.
Gvardiola Rikoning yagona kamchiligini oshkor qildi
“Manchester Siti” tarbiyalanuvchisi Riko Lyuis o‘z o‘yini bilan muxlisu mutaxassislar nazariga tushdi. Angliya Premer-ligasining ayrim klublari 20 yoshli futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istayapti.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola himoyachining imkoniyatlariga va o‘yiniga baho berib, shogirdini maqtadi.
- Riko Lyuis o‘ziga berilgan barcha vazifalarini ajoyib tarzda uddalab kelmoqda. Uning yagona kamchiligi – jussasining kichikligida (bo‘yicha 170 santimetr). Agar bo‘yi chal balandroq bo‘lganida, men “Vau” bu qanday o‘yinchi?” deb hayratga tushgan bo‘lardim, - dedi Xosep Gvardiola.
Angliyalik iste’dod egasi 2022 yilning yozida yoshlar jamoasidan asosiy tarkibga qabul qilingan. Shundan beri 20 yoshli himoyachi 95 ta uchrashuvda ishtirok etib, himoyadagi vazifalarini uddalashdan tashqari, beshta gol va o‘nta assist qayd etdi.
Gvardiola bir yana bir shogirdi bilan xayrlashyapti
“Manchester Siti” darvozabonlari tarkibida o‘zgarish bo‘lishi kutilyapti. “Shaharliklar” yozda “Byornli”dan klub tarbiyalanuvchisi Jeyms Traffordni qaytardi.
Bundan tashqari, manchesterliklar “Pari Sen-Jermen” posboni Janliuji Donnarummani olishga harakat qilyapti. “Manchester Siti” italiyalik darvozabonga yiliga 12 million evro miqdorida maosh berishni va’da qilgan.
Shu paytga qadar “shaharliklar” darvozasini qo‘riqlab kelgan Edersonga “Galatasaroy”dan taklif bor va muzokaralar davom etmoqda.
“Manchester Siti” germaniyalik golkiper Shtefan Ortegani ham transferga qo‘ygan. Xosep Gvardiola 32 yoshli darvozabon haqida iliq fikr bildirdi.
- Tez orada Shtefan Ortega masalasi hal bo‘lishiga umid qilyapman. Shtefan bizga chempionlikni taqdim qilgan. “Tottenxem” bilan bo‘lgan uchrashuvda hal qiluvchi vaziyatda Son Xyon Minning xavfli zarbasini bartaraf etgandi. Shu paytga qadar yaxshi saviyadagi darvozabonlarimiz borligi bizning omadimiz edi, - dedi Xosep Gvardiola.
Shtefan Ortega ilgari o‘z yurtida “Arminiya” va “Myunxen-1860” jamoalari darvozasini qo‘riqlagan. “Manchester Siti” 2022 yilning yozida uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Husanov “boyvachchalar” qatoriga qo‘shildi
Husanov Gvardiolaning o‘zi haqidagi gapi to‘g‘ri ekanini isbotladi
Husanov o‘ynagan uchrashuvda superrekord o‘rnatildi
Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!
Husanov, “Siti”dan yana kimlar ketyapti?
Husanov va jamoadoshlariga xushxabar!
Pul bo‘lmasa, Fayzullaev o‘ynamaydi!
Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi
Husanovni “Manchester Siti”ga joylagan mutaxassis ishdan ketdi!
Husanovning joyi o‘zgaradi
Ekspert: Bu futbolchi Husanovning yo‘lini to‘syapti
Fikrlar