Dahshat! Ikkita gol urgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya chempionatida ishtirok etayotgan «Istanbul Boshakshehir» klubi safida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi va bu o‘yinda eng yuqori bahoni qo‘lga kiritdi.
«Istanbul Boshakshehir» va «Genchlerbirligi» jamoalari o‘rtasidagi Turkiya chempionati 6-tur uchrashuvida o‘zbek forvardining o‘yini statistik portal Flashscore tomonidan 8,7 ball bilan baholandi. Bu ko‘rsatkich Shomurodovni bellashuvning eng yaxshi futbolchisiga aylantirdi.
Eldor maydonda 77 daqiqa harakat qildi va shu vaqt ichida ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Uchrashuvda urilgan ikkinchi gol Shomurodov uchun joriy mavsum Superligadagi oltinchi to‘p bo‘ldi.
77-daqiqada Shomurodov o‘rnini yana bir o‘zbekistonlik futbolchi — Abbosbek Fayzullaev egalladi. Yarim himoyachi maydonda qolgan daqiqalar mobaynida gol yoki golli pas bilan ajralib tushmadi va Flashscore unga 6,6 bahosini qo‘ydi.
Oltinchi turdashgi g‘alabadan so‘ng «Istanbul Boshakshehir» jami yetti ochko to‘plagan va Turkiya chempionati jadvalida 12-pog‘onaga ko‘tarildi.
Eldor Shomurodov esa, to‘purarlar poygasida o‘zidan yuqorida turgan Viktor Osimxen va Gift Orbanga tenglashib oldi. Ularning barchasi hisobida oltitadan to‘p bor.
Bu turda xet-trik qayd etgan Muhammad Saloh umumiy gollari sonini yettitaga yetkazib, to‘purarlar poygasida yakka peshqadamga aylandi.

Fikrlar