Dahshat: La Liganing eng qimmat oʻyinchisi qanchaga baholandi?
Futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Ispaniya La Ligasidagi eng qimmat futbolchilarning yangilangan reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni «Barselona» vingeri Lamin Yamal saqlab qoldi.
Eng qimmat futbolchilar o‘ntaligiga «Real Madrid»ning besh nafar va «Barselona»ning to‘rt nafar futbolchisi kirgan.
«Atletiko Madrid»ning o‘ntalikdagi yagona vakili hujumchi Xulian Alvares bo‘ldi.
Transfermarkt versiyasi bo‘yicha La Liganing eng qimmat 10 futbolchisi (5 oktyabr):
- Lamin Yamal («Barselona») — 220 mln yevro.
- Kilian Mbappe («Real Madrid») — 200 mln yevro.
- Jud Bellingem («Real Madrid») — 160 mln yevro.
- Pedri («Barselona») — 150 mln yevro.
- Vinisius Junyor («Real Madrid») — 130 mln yevro (−10 mln yevro).
- Yan Diomande («Real Madrid») — 120 mln yevro (+30 mln yevro).
- Fermin Lopes («Barselona») — 110 mln yevro (+10 mln yevro).
- Xulian Alvares («Atletiko Madrid») — 110 mln yevro (−10 mln yevro).
- Arda Gyuler («Real Madrid») — 100 mln yevro (+10 mln yevro).
- Pau Kubarsi («Barselona») — 100 mln yevro.

Fikrlar