Dahshatli o'tgan "MANGU 01" turnirining barcha natijalari bilan tanishing!
Jasur Alijonov asos solgan MANGU MMA ligasining ilk turniri yakunlandi. Quyida super o‘tgan janglarning natijasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Prelim kard:
Behruz Isroilov 2-raundda Elimsa Jandovletni texnik nokautga uchratdi;
Solomon Demin ochkolar evaziga Muxamadaliev Asadbekni mag‘lub etdi;
Turaxonov 1-raundda Azis Usmanovni texnik nokaut qildi;
Baxrom Ro‘ziev va Ahmadi Abdul Fahad to‘qnashuvi durrang natija bilan yakunlandi;
Xabirov Ayom ochkolar bo‘yicha Shaxzod Yo‘ldoshovni taslim etdi;
Shukurjon Abdurahimov hakamlarning yakdil qarori bilan Magomed Isayevni yengdi;
Islom Baltaev 1-raunddayoq Nikolay Kudrinskiyni texnik nokautga uchratdi;
Anis Yakubov 1-raundda Utemissovdan texnik nokaut evaziga ustun keldi;
Suxrob Mirzavaliev 2-raundda Piriev Kayyarni sabmishn orqali yengdi;
Asosiy kard:
Suxrobbek Atajanov 1-raunddayoq Ibramxalilov Elxanni nokautga uchratdi;
Muxiddin Mamajanov hakamlar qaroriga ko‘ra Amanbaev Rustambekdan ustun keldi;
Furqatbek Yoqubov 2-raundda Nildo Nascimento ustidan texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi;
Amirxon Alixojaev 1-raundda Magomed Salievdan nokautga uchradi;
Ramazon Temirov va Azat Maqsum o‘rtasida BJJ qoidalariga ko‘ra o‘tgan bahs jangovar durrang bilan yakunlandi;
Xotam Boynazarov 2-raundda Magomed Xabib Ramazanov ustidan sabmishn evaziga zafar quchdi.
Fikrlar