Dalich VARNi tanqid qildi: "U futbolning his-tuyg‘ularini o‘ldiryapti"
Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Jahon chempionati 1/16 finalida Portugaliyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng VAR tizimi haqida keskin fikr bildirdi.
⠀
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan 13-daqiqada xorvatlar gol urgandi. Biroq bosh hakam Espen Eskos VAR bilan maslahatlashgach, Mario Pashalich ofsayd holatida bo‘lgani uchun golni inobatga olmadi.
⠀
"Hozir g‘azabimni kimgadir yoki nimagadir sochmoqchi emasman. Ammo VAR orqali qabul qilinayotgan qarorlar futbolning his-tuyg‘ularini qanday yo‘q qilayotganini hamma ko‘rib turibdi. Ba’zida VAR yordam beradi, ba’zida esa aksincha. Lekin u futbolning hissiyotini o‘ldiryapti va buni qabul qilish oson emas.
⠀
Futbol adolatli bo‘lishi kerak, ammo VAR borasida haddan oshib ketdik. Biz mag‘lub bo‘ldik va Portugaliyani tabriklaymiz.
⠀
Men futbolning to‘liq biznesga aylanishini istamayman. Kichik jamoalar uchun imkoniyatlar allaqachon kamayib ketgan. Mo‘jiza har doim ham takrorlanmaydi. Bu safar keyingi bosqichga chiqa olmadik. Afsuski, natijaga erisha olmadik va ortimizda faqat afsus hamda alam qoldi", — dedi Dalich.

Fikrlar