
Dana Uayt Habibning qaytishi mumkinligi haqida nima dedi?
UFC prezidenti Dana Uayt "UFC 254" turnirida Jastin Getjini mag‘lub etgan Habib Nurmagomedovning faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgani haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha u qaytmaydi. Inson qachonki, jang qilishni istasa, u bahsga kirishadi. Qachonki, jang qilishni istamasa, bahsda qatnashmaydi. Keling, unga biroz vaqt beraylik.
Yaralarni davolashiga imkon beraylik. Men jarohat haqida emas, balki hissiy holati haqida aytyapman. U otasining vafotidan olgan yaralarini davolasin," - dedi Uayt.
Fikrlar