Dana Uayt ikki super bokschi oʻrtasida jang tashkil qilmoqchi
UFC prezidenti Dana Uayt tomonidan boshqariladigan "Zuffa Boxing" promouterlik kompaniyasi britaniyalik bokschilar – Tayson Fyuri va Entoni Joshuа oʻrtasida jang oʻtkazishi mumkin. Bu haqida "Boxing Scene" nashri xabar bermoqda.
“Keyingi bir necha hafta ichida bizda juda ajoyib eʼlonlar boʻladi. Men bokda atigi ikkita jangdan keyin kutganimdan ancha oldinga chiqdim. Sanoatni larzaga keltiradigan koʻp narsalar boʻlyapti: yangi shartnomalar, yangi bitimlar. 2026 yil oxiriga kelib, juda katta sport voqealiklaridan biri oʻtkaziladi”, – dedi Uayt "Boxing Scene" nashriga.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, ushbu shou "Netflix" da namoyish etiladi.
Fikrlar