Dana Uayt: "Jin ursin Paulo Kostani. Sen jang qilmaysan, lekin biz senga pul to‘layapmiz"
Braziliyalik MMA ustasi Paulo Kosta UFC ga uchta variant bergandi. Yaʼni birinchisi, uch raundlik jang oʻtkazish, ikkinchisi (UFC qoʻshimcha haq toʻlasa) 5 raundlik bahs, uchinchisi esa amaldagi shartnomasi boʻyicha soʻnggi bor oktagonga chiqib, keyin UFC dan ketishni talab qilgandi.
UFC rahbari Dana Uayt Kostaning ultimatumiga quyidagicha javob qaytardi.
"Bu nimani anglatishi unchalik tushunarli emas, chunki Pauloga janglar taklif qilishgan, u esa bosh tortgan. Aftidan, Paulo norozi, lekin biz aytmayapmiz-ku: Jin ursin bu Paulo Kostani. Sen jang qilmaysan, lekin biz senga pul toʻlayapmiz, deb.
Jangchilarga muntazam ravishda yiliga uchta jang taklif qilinadi. Tom Aspinnallning koʻzida muammo bor, lekin unga ham janglar taklif qilinmoqda. Shunday ekan, hamon Pauloga taklif berilmagan, deb oʻylaysizmi?!" – dedi promoushen rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.

Fikrlar