Dana Uayt Maxachev va Topuriya janggi haqida mиш-mишlarga nuqta qoʻydi!
Biroz avval MARCА nashri Oq Uydagi UFC turnirida, dastlab, Ilsom Maxachev va Iliya Topuriya to‘qnashuvi o‘tkazilishi kerakligi, biroq keyinchalik bu jang bekor qilinganigi haqida xabar bergandi.
Promoushen prezidenti Dana Uayt esa mazkur mish-mishlarni rad etdi.
"Biz Islom va Topuriya qarama-qarshiligini umuman muhokama qilmaganmiz. Sizni bunday mish-mishlar emas, ishlab chiqilayotgan janglar qiziqtirsin. Biz tashkil etilgan bahslarni o‘zimiz e’lon qilamiz!" – dedi Dana Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi UFC turniri 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Kechaning markaziy to‘qnashuvida engil vaznda amaldagi chempion Iliya Topuriya va mezbonlar vakili Jastin G’etji o‘zaro kurash olib borishi rejalashtirilgan.
Fikrlar