Dana Uayt MMAdagi ba'zi qoidalarni o'zgartirish kerakligini aytdi
UFC direktori sportchilarning oktagondan tashqariga chiqishi masalasida liga pozitsiyasini aniq ifodalaydi
UFC promousheni bosh direktori Dana Uayt jang yakunlanishi bilanoq sportchilarning oktagondan tashqariga chiqishi masalasida liga pozitsiyasini aniq ifodiladi.
Dananing taʼkidlashicha, sport komissiyalari har bir holatni alohida koʻrib chiqishi, avvalo jangchining niyati va vaziyat kontekstiga eʼtibor qaratishi kerak. Umumiy qoida asosida hammani bir xil jazolash toʻgʻri emas.
"Menimcha, qoida shunday boʻlishi kerak: agar sen oktagondan tashqariga agressiv harakat qilish yoki shunga oʻxshash biror ish uchun sakrab chiqisang, albatta, jarimaga tortilishing lozim. Bunga eng yorqin misol — Xabib. Lekin agar sen faqat hayajonlanib, his-tuygʻular taʼsirida oktagonga sakrab chiqisang, buni katta muammo deb oʻylamayman", — dedi Uayt.

Izohlar (0)