Dana Uayt: "Oq Uydagi turnirda yangi rekordni o‘rnatamiz"

  • 11.02.2026 17:01
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

UFC rahbari Dana Uayt AQShning 250 yilligini nishonlash doirasida Oq Uy maysazorida bo‘lib o‘tadigan tarixiy turnirga tayyorgarlik haqida gapirdi.

"Biz barcha narsani ideal qilishga urinayapmiz. Bu barcha davrlarning eng ko‘p tomosha qilingan UFC turniri bo‘lishiga ishonaman. Mazkur oqshom - men, rahbariyat, xodimlar, ommaviy axborot vositalari va jangchilar uchun butun faoliyatidagi eng noyob va ajoyib kecha bo‘ladi", – dedi UFC rahbari "Yahoo Sports" nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq, Dana Uayt Oq Uydagi turnir uchun tarixdagi eng yaxshi kardni tayyorlashga va’da bergandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!