
Dana Uayt Tayson Fyurining UFC dagi jangini o‘tkazishga tayyor
UFC prezidenti Dana Uayt boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri ishtirokidagi jangni tashkil etishga tayyor
“Tayson Fyuri janglarini to‘g‘ri tashkil qiladi. Shuning uchun u tarixda qoladigan to‘qnashuvlarni o‘tkazishi mumkin. Og‘ir vazn toifasida kuchli to‘rtlik bokschilar qatorida. Biroq, nima uchun unga MMA kerak? U kaltak eyishni xohlaydimi?
Biroq, har qanday narsa bo‘lishi mumkin. Agar u xohlasa, UFC da u bilan jang qilishga tayyor bo‘lgan jangchilarim bor. Ammo men uning qarorini tushunmayapman”-deya Dana Uaytning so‘zlaridan TMZ iqtibos keltirmoqda.
Fikrlar