Dana Uayt Tom Aspinallning fikrlarini keskin tanqid qildi!
Avvalroq, Tom Aspinall, agar unga yaqin do‘sti — xorvatiyalik jangchi Ante Deliya bilan jang taklif qilinsa, u holda chempionlik kamarini bo‘shatishini aytgan edi.
UFC prezidenti Dana Uayt esa bu fikrni keskin tanqid qildi:
“Men buni yomon ko‘raman. Avval ham ko‘p do‘stlar, hatto qarindoshlar bir-biri bilan jang qilishgan. Bu sizning kimnidir yoqtirishingiz yoki yoqtirmasligingizni belgilamaydi — bu shunchaki raqobat, kim eng zo‘r ekanini aniqlash. Ammo uning tanlovi shunaqa bo‘lsa, mayli. Faqat chempionlik kamarini bo‘shatish haqida o‘ylashning o‘zi — mutlaqo tentaklik”, - dedi Dana "TNT Sports" efirida.
Ma’lumot uchun, UFC dagi debyutida Marchin Tyburani nokaut bilan engan Ante Deliya promoushenning og‘ir vazn toifasi reytingida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar