Dana Uayt UFC tarixidagi eng buyuk qarama-qarshilikni aytdi!

  • 12.01.2026 12:13
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC prezidenti Dana Uayt promoushn tarixidagi eng zo‘r jang haqida savolga javob berdi. 

Tecno

"Shubhasiz — bu Jons va Korme. Aynan shu ikki jangchi. Ular ilk bor MGM arenasi zalida mushtlashib ketishgan edi va o‘shanda biz buni o‘tkazib yubordik, oldini ola olmadik. Bu shunday holat ediki, biz ularning bir-biriga tegmasligiga va hurmatcizlik qilmasligiga qat’iy ishonch hosil qilishimiz kerak edi. Bu yigitlar hurmatcizlikni his qilishi bilanoq — tamom, albatta javob qaytarishadi. Agar ulardan biri oxirigacha borishga qaror qilsa, uni endi to‘xtatib bo‘lmaydi" - dedi UFC prezidenti.

Ma’lumot uchun, ushbu jangchilar o‘zaro ikki marta oktagonga ko‘tarilgan va ikkisida ham bitta-dan g‘alaba mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!