
Dani Alves: “Yuventus”dagilar musiqa eshitishmaydi. Men musiqasiz yashay olmayman
Kuni kecha Italiyaning “Yuventus” klubi bilan shartnomasini bekor qilib, Frantsiyaning PSJ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Dani Alves “keksa sinora” haqidagi ayrim haqiqatlarni oshkor etdi.
“Menda u erda yoqimsiz holatlar ko‘p bo‘ldi. Ular meni maydonda ham, uning tashqarisida ham tushuna olishmadi. “Yuventus” echinish-kiyinish xonasida musiqa eshitish ta’qiqlanadi. Men musiqasiz, raqslarsiz yashay olmayman.
Men barcha narsani o‘zgartirishga qodir inson emasman. Menga atrofimda hazil, kulguli atmosfera bo‘lishi yoqadi”, – deb aytib o‘tdi braziliyalik futbolchi.
Fikrlar