Daniel Dyubua: "Eng kuchli bokschi ekanimni isbotlayman"

  • 09.09.2026 18:39
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Og‘ir vaznda WBO chempioni Daniel Dyubua (23-3, 22 KO) kelajakdagi rejalarini ochiqaladi.

"Xrgovich ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng men kutganimdek e’tirof olmadim, lekin endi vaziyat asta-sekin o‘zgarayapti. Shuningdek rejalarim ham.

Fabio bilan birinchi jang haqiqatan ham esda qolarli bo‘lgan, g‘alaba esa ajoyib edi. Endi shuni yana bir bor takrorlashni, Uordlini yana mag‘lub etishni istayman, bu safar yanada ta’sirli va ishonarli tarzda. Ringda haqiqiy dovul ko‘tarib, bosimni oshiraman. U zarba almashishni yaxshi ko‘radi, tomoshabop uslubda jang qiladi, men esa yana shunday bahsni boshdan kechirishni xohlayman. Kamarimni himoya qilib, eng kuchlisi ekanimni isbotlayman", — dedi britaniyalik.

Eslatib o‘tamiz, Dyubua 17 oktyabr kuni Fabio Uordli(20-1-1, 19 KO)ga qarshi revanш o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!