Daniel Dubua sobiq jahon chempioni bilan revanш o‘tkazadi!
Ogʻir vazn toifasida WBO chempioni Daniyel Dyubua (23-3, 22 KO) sobiq chempion Fabio Uordli(20-1-1, 19 KO)ga qarshi revanш oʻtkazadi. Bu haqida nufuzli "The Ring" jurnali oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, ularning toʻqnashuvi 17 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur ikki bokschi oʻrtasidagi birinchi jangda Dyubua 11 raundda Uordlini texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar