Daniel Korme hamyurti Dastin Porening faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida o‘z fikrini bildirdi

CHERY AUTO

Amerikalik mashhur MMA jangchisi, UFC shon-shuhrat zali a’zosi Daniel Korme o‘z hamyurti Dastin Porening faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Men uning ketishini xohlamayman. U shunday qilishi kerakligiga ishonchim komil emas. Dastin Pore hali katta janglarda qatnashishi mumkin. U hozirda MMA olamida juda mashhur, shuning uchun u katta miqdorda pul ishlash va katta janglarda qatnashish imkoniyatiga ega. U endigina 35 yoshda va u yana uzoq yillar MMA bilan shug‘ullanishi mumkin. Balki u tez-tez jang o‘tkazmasligi mumkin, lekin tugatishi kerak emas. Chunki bu erdan ketsangiz, qaytib kelishning iloji bo‘lmasligi mumkin”, — dedi Korme o‘zining YouTube kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Pore o‘tgan hafta so‘nggida rossiyalik Islom Maxachevga yutqazib qo‘ygan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!