Asosiy mazmunga oʻtish

Daniel Korme: "Jek Maddalena Islom Maxachevni mag‘lub etadi, biroq..."

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

UFC afsonasi rossiyalik va avstraliyalik o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

UFC afsonasi, amerikalik Daniel Korme rossiyalik Islom Maxachev va avstraliyalik Jek Della Maddalena o‘rtasidagi jang oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"So‘nggi paytlarda Islamning surat va videolarini ko‘rgan bo‘lsangiz, u ancha yiriklashganini payqaysiz. Agar Maxachev Della Maddalena kabi monstr bilan kurashishni istasa, yanada kattaroq bo‘lishi kerak. Rossiyalikning jamoasi ularni qanday sinov kutayotganini yaxshi tushunib turibdi. Ular Jekning naqadar kuchli va jismoniy jihatdan baquvvat ekanini yaxshi bilishadi. Hozirda avstraliyalik teykdaunlardan himoyalanish borasida ham yuqori darajaga chiqqan. Belal Muxammadga qarshi uning jangini ko‘rganlar Jek a’lo darajada reja ishlab chiqqanini bilishadi. Shuning uchun ham bu bahs ko‘pchilik o‘ylaganidek oson o‘tmaydi, balki ancha teng sharoitda kechadi. Menimcha, g‘alaba Maddalenaga nasib etadi. Biroq bu bilan Islamda chempionlik uchun hech qanday imkon yo‘q demayapman. Shunchaki. o‘ylashimcha, ushbu qarama-qarshilikda chempion o‘z unvonini saqlab qoladi", — dedi Korme "Bloody Elbow" nashriga.

Ma’lumot uchun, Maxachev (27-1) va Maddalena (18-2) to‘qnashuvi 15 noyabr kuni "UFC 322" turnirida o‘tkaziladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q