Daniel Korme: "UFC sobiq chempioni fevral oyida qamoqdan qo‘yib yuborlishi mumkin"
Ikki divizionda UFC sobiq chempioni Daniel Korme sobiq chempion Keyn Velaskesning sudi haqidagi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi va uning tezroq ozod qilinishiga umid bildirdi.
"Keyn Velaskesning shartli ravishda ozod qilinishi sanasi kelasi yilning fevral oyiga ko‘chirildi. Keling, chempion so‘nggi bir necha yil ichida boshidan kechirgan barcha narsalardan so‘ng uyiga qaytib, yangidan boshlay olishi uchun duo qilaylik. Uyda bo‘lgan vaqtida Keyn hech kimga tahdid solmadi, u shunchaki mashg‘ulot o‘tkazdi. Umid qilaman, bu yangilik unga bayramlar oldidan kuch beradi va uyiga qaytishi uchun tayyorlaydi. Keynni qo‘llab-quvvatlang", - deya Kormening so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Velaskes 2022 yil fevral oyida qotillikka urinish va boshqa bir qator jinoyatlarda ayblanib hibsga olingandi. O‘shandan beri uning ishi sudda bir necha bor ko‘rib chiqilgan va sud majlislari va ozod qilinishi mumkin bo‘lgan sana bir necha bor qoldirilgan. Keynning uzoq yillik do‘sti va sparring sherigi Korme muntazam ravishda uni qo‘llab-quvvatlab, muxlislarni sobiq chempionning yutuqlari va qiyin ahvolini unutmaslikka chaqirmoqda.

Fikrlar