Daromad rekordi: UEFAning kelasi mavsumdagi Evrokuboklardan tushumi 4 milliard evrodan oshadi

  • 24 iyun, 14:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA 2025/26 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Konferentsiyalar ligasi va UEFA Superkubogi orqali 4,4 milliard evro daromad olishni kutmoqda — bu o‘tgan mavsumdagi ko‘rsatkichga mos keladi.

Tecno

Tashkiliy va ma’muriy xarajatlar 387 million evro deb baholangan. Hisob-kitoblardan so‘ng 3,548 milliard evro sof daromad qoladi. Undan 231 million evro (6,5%) Evropa futboli rivoji uchun ajratiladi, qolgan 3,317 milliard evro esa Evrokuboklar guruh bosqichida ishtirok etuvchi jamoalar o‘rtasida taqsimlanadi.

Bu mablag‘ning:

2,437 milliard evro – Chempionlar ligasi va Superkubok ishtirokchilariga,

565 million evro – Evropa ligasi jamoalariga,

285 million evro – Konferentsiyalar ligasi klublariga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!