Darvozada turib ham rekord o‘rnatish mumkin
Angliya milliy terma jamoasi asosiy darvozaboni Jordan Pikford jahon chempionatlarida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha mamlakat rekordini takrorlashga juda yaqinlashdi.
England Football nashri ma’lumotiga ko‘ra, Meksikaga qarshi o‘tkazilgan jahon chempionatining 1/8 final bahsi Pikford uchun mundiallardagi 17-o‘yin bo‘ldi. Shu tariqa u Angliya afsonasi Piter Shiltonning natijasiga tenglashdi. Shilton 1982, 1986 va 1990 yildagi mundiallarda ishtirok etgan.
Pikford jahon chempionatlaridagi ilk bahsini 2018 yil Rossiyadagi mundialda o‘tkazgan va terma jamoaning yarim finalga yetib borishiga yordam bergan. Jordan 2022 yili qabardagi mundialda ishtirok etgan. Endi esa Tomas Tuxel ishonchini oqlagan holda AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yildagi musobaqada ham Angliyaning asosiy darvozaboni sifatida maydonga tushmoqda.
Meksikaga qarshi uchrashuv uning Angliya terma jamoasi safida yirik xalqaro turnirlardagi ketma-ket 29-o‘yini bo‘ldi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Pikford va Shiltondan keyingi o‘rinda jamoa sardori Harri Keyn (16 o‘yin) bormoqda. Markus Reşford hamda Jon Stounz hisobida esa 15 tadan mundial o‘yini mavjud.
Angliya chorak final yo‘llanmasi uchun Norvegiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar