Darya Gavrilova Meksikada g‘alaba qozondi
Meksikaning Akapulko shahrida WTA tomonidan tashkil etilgan "Abierto Mexicano Telcel - 2018" turnirining birinchi davrasida avstraliyalik tennischi Darya Gavrilova g‘alaba qozondi.
U daslabki bosqichda amerikalik Medison Brenglga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Darya 4:6, 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi musobaqaning ikkinchi davrasida Gavrilova chexiyalik Kristina Plishkova hamda mezbon tennischi Renata Zarazua uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar