Dastlabki 14ta turda 45ta gol urgan PSJ bu borada o‘z rekordini yangiladi

  • 27 noyabr, 2017, 10:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Frantsiya chempionatining 14-turida safarda “Monako”ni 2:1 hisobida enggan PSJ turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamlab oldi.

Tecno

Goal internet nashrining xabar berishicha dastlabki 14ta turda raqiblari darvozasiga 45ta to‘p yo‘llashga muvaffaq bo‘lgan parijliklar bu borada chempionat tarixida 1969/70 yilgi mavsumda «Sent-Eten» jamoasi o‘rnatgan rekordni takrorlashdi. Bundan tashqari ular bu borada klub rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘lishdi. Ularning bu boradagi avvalgi rekordlari 38ta golni tashkil etar edi.

Eslatib o‘tamiz, Unai Emeri boshchiligidagi jamoa ayni damda ortda qolgan 14ta turdan so‘ng 38 ochko bilan yakka peshqadamlik qilishmoqda. Ulardan 9 ochko kam jamg‘argan "Lion" esa 2-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!