David Luiz “Byornli” futbolchilarini tanqid qildi
“Chelsi” APLning 35-turi doirasida “Byornli” (2:2)ga qarshi o‘ynadi. Uchrashuvdan so‘ng “aristokratlar” himoyachisi David Luiz raqib futbolchilarini tanqid qildi.
“Biz g‘alaba qozonish uchun barchasini qildik. Yaratilgan ikkita vaziyatimizdan gol kiritdik. Keyinchalik esa futbol o‘ynashni istamaydigan jamoaga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ldi.
“Byornli” antifubol namoyish qildi. Futbolchilar butun o‘yin davomida maydonda yotib olishdi, o‘yinni tobora sekinlashtirishdi. Ochiqchasiga, vaqtni cho‘zishga harakat qildi. Qolaversa, butun jamoa bo‘lib o‘z jarima maydonchasiga kirib oldi. Bunday pallada butun boshli himoyani yorib o‘tish oson emas”, - degan Luiz so‘zlaridan keltirmoqda Sky Sports.
Fikrlar