David Rayya: "Arsenal" bir nechta sovrin uchun kurasha oladi"
"Arsenal" darvozaboni David Rayya jamoa bir nechta sovrin uchun kurasha olishiga ishonadi.
Londonliklar posbonidan jamoa bu mavsumda bir nechta kuboklar uchun kurasha oladimi, degan savol so‘raldi.
"Ha, shunday deb o‘ylayman. Menimcha, tarkibimiz juda ham chuqur. Bizda ko‘p futbolchilar bor va ularning ko‘pchiligi 2–3, hatto 4 xil pozitsiyada o‘ynay oladi.
Masalan, Merino "Atletiko"ga qarshi o‘yinda hujumchi sifatida maydonga tushdi. U "sakkizinchi raqam" ham, "o‘ninchi raqam" pozitsiyalarida ham o‘ynay oladi.
Bunday universallik bosh murabbiy uchun katta yutuq. U bu imkoniyatdan foydalanib, eng yaxshi natijani qo‘lga kiritishga harakat qilyapti. Hozircha hammasidan mamnunman — tarkib kuchliligi juda muhim.
Bu mashg‘ulotlar va o‘yinlarda ham raqobat muhitini kuchaytiradi, chunki sen har kuni mehnat qilmasang, asosiy tarkibdagi joyingni yo‘qotishing mumkin. Bu jamoada sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Bu esa juda muhim va barcha futbolchilar bunga qo‘shiladi", — dedi "kanonirlar" darvozaboni David Rayya.



Fikrlar