David Silva koronavirusdan sog‘aydi. U "Real"ga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 14 sentabr, 2020, 21:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Sosedad"ning yangi a’zosi David Silva koronavirusdan sog‘aydi va jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shildi.

Tecno

34 yoshli ispaniyalik futbolchi “Sosedad”ga shu yoz erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. 31 avgust kuni uning rasmiy tanishtiruv marosimi bo‘ldi va shundan so‘ng, uning Covid-19 ga topshirgan testi musbat natija bergani ma’lum qilindi. Keyin esa, Silva ikki haftalik karantinga olindi.

Endi Silva 20 sentyabr kuni La Liganing ilk turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!