Davron Fayziev - Kuperning xatosi, konpensatsiya qanday hal etilgani, uni yomonlashga darajasi etmasligi haqida gapirdi

  • 26 sentabr, 2019, 01:05
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

“SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining oxirgi sonida asosan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning iste’fosi, u yo‘q qo‘ygan xato, ushbu mutaxassis yurtimizda nega samarali faoliyat yurita olmagani borasida taniqli sharhlovchi Davron Fayziev O‘FA vakili va muxlis sifatida fikr bildirdi.

Tecno

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi Falastinga yutqazib qo‘yganidan keyin Ektor Kuper katta bosim ostida qoldi. Muxlislar, mutaxassislar, futbol ommasi terma jamoaning o‘yini chiqmayotgani uchun murabbiyni sababchi qilib ko‘rsatishdi. Qaysidir ma’noda mag‘lubiyatlar uchun murabbiy javobgar. Ko‘pchilik Kuperning uslubi bizga mos emas degan fikrni ilgari surdi. Bundan tashqari bu xorijlik murabbiy, shartnoma asosida ishlaydi hamda ma’lum bir vaqt yurtida, bizning davlatimizda bo‘ladi. Ya’ni doimiy ravishda har bitta futbolchini kuzatib borish, nazorat qilish imkoniyati unda kamroq. Mana shu faktorlar uning faoliyatiga to‘sqinlik qildi, deya e’tirof etildi. O‘z navbatida aytib o‘tishim mumkinki, haqiqatdan ham sabablar shu.

O‘FA hamma sabablarni o‘rganib chiqdi. Ma’lum vaqt barchasi sarhisob qilindi. Nafaqat bu o‘yin, avvalgi uchrashuvlar, Kuperning ishlashidan tortib statistikalar o‘rganildi. Futbolchilar, mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazildi. Murabbiyning o‘zi bilan ko‘p bor uchrashildi. O‘FA rahbariyati tomonidan argentinalik murabbiyga kelajakni qanday ko‘ryapsiz? degan savollar bo‘ldi. Yakunda esa shuncha kun davom etilgan muzokaralarga nuqta qo‘yildi...

Shunaqangi detallar borki, uni O‘FA rahbariyati Kuper bilan yuzma-yuz gaplashdi. Bu pullik masalalar, konpensatsiya. Hamma tushunib turibdi, murabbiy muddatidan avval ketyaptimi, unga tovon puli to‘lash kerak. Ektor Kuper bilan do‘stona xayrlashildi. Tomonlar bir-biriga omad tilashdi. O‘ylaymanki, bu masala ijobiy hal etildi.

Uzbek-murabbiyi (9)

Bular O‘FA vakili sifatida bildirgan fikrlarim. Endi bevosita muxlis bo‘lib: o‘ylashimcha, Ektor Kuper O‘zbekiston futboli tarixidagi eng yaxshi murabbiylardan biri edi. Tajribali, katta turnirlarni ko‘rgan, darajasi juda yuqori, yulduzlar bilan ishlagan, har xil vaziyatlarga tushib qolgan – hamma faktorlarni inobatga olganda eng yaxshisi edi. Qaysidir ma’noda Osiyo kubogida u jamoa bilan birlashib, nimagadir erishayotgandi. Balki Avstraliya bilan bellashuvda penaltidan yutganimizda hammasi boshqacha kechib, u faoliyatini davom ettirayotgan bo‘lishi mumkin edi. Biroq bitta qoqilishdan keyin o‘yinimiz pasayib ketdi. Bu – Kuper yomon murabbiy degani emas. U hali hamon yaxshi mutaxassisligicha qolmoqda. Shunchaki u bizning jamoa bilan kerakli nuqtalarni topa olmadi. Osiyo futboli juda ham o‘ziga xos. Argentinalik murabbiy tajribalarini ishga solganda ham umuman kutmagan jamoalar kutilmagan o‘yin namoyish etishi mumkin. Masalan, raqibning bundan avvalgi 4 o‘yinini kuzatganingizdan so‘ng 5-bellashuvda jamoa umuman boshqacha harakat qilishi mumkin. Kuper esa Osiyo, o‘zbek futbolining ichida bo‘lishi kerak edi. Bizda ham futbolchilarning ko‘pi kayfiyat. Mana shu jihatlar ishni davom ettirishda unga halaqit berdi.

3851566902353

Bu murabbiy haqida negatif fikr bildira olmayman. Kuper yomon murabbiy deyishga mening darajam etmaydi. U top-murabbiy! Biz murabbiy va futbolchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rmadik. Ammo ketgani plyus bo‘lganiga qo‘shilaman. Chunki terma jamoamizga katta o‘zgarish kerak edi. Borgan sari reytinglarda tushib ketyapmiz, jamoa so‘nib boryapti. O‘yinchilarning ko‘zi yonib turadigan holat yo‘qolib borayotgandi, - dedi Davron Fayziev “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
26/09/2019 03:28
Футболчилар билан таржимонсиз гаплашаолмаслиги жуда ёмон хол эди. Бу хол Купернинг уйин боришини оператив бошкариш хукукини чекларди. Фаластин билан уйинда бу холат яккол куриниб колди.
КелгусидаУФА томонидан тренер танлаш шартнома тузишда ватан манфаатидан келиб чикиб ёндащилади деб умид киламиз.
Абдусамат Жураев
26/09/2019 09:24
ДАВРОН кетгани зур булди
Фуркат Мирзаев
10/10/2019 21:55
Одамлари мухлисларга хам нима дейишингни билмайсан абрамов чна абрамов дейди нима килгаган у узи 2011 катарми ушами эски утиб кетган нарсадан фойдаси йук бу муйловли йиги сизларга 26 йилга эстафидасини етказади эх мухлислару даврон файзиев хуллас фикир билдиришдан хам чарчади одам
&
Nurilloh
06/10/2019 06:18
Тугри АЙТДИЗ Бизда ФУТБОЛИСТЛАНИ Пули КУПАЙСА КАЙФИЯТЛИ Буп Колишади
Умаржон Ғойифов
27/09/2019 05:54
Нима бўлганда хам энди Абрамовга омад тилаймиз. Энг асосийси Ўзбекистон жахон чемпионатига чиқсин. Бошқаси иккинчи даражали. Эгам қўлласин.
&
Surxon turon
26/09/2019 13:30
Купер мехир бериб ишлагиси келмади ӯзига катта бохо бериб юборди рақибларди менсимади
&
Фан
26/09/2019 08:42
Давронбек хамма чет элда я'ни Ватанидан узокда фаолият юритувчи мураббийлар хам шунака шароитда ишлашадику, менимча бу мувафаккиятсизликка асосий сабаб була олмайди.
Угри битта гумон мингта деганларидек тахминимча Купперни УЗБ. да ишлаши кимларгадур (асосий фигуралардан бирига) ёкмаган куринади.
Навбатдаги Яман ва Сингапур б/н буладиган учрашувларда термамиз 180* градусга узгариб йирик хисобда галабаларга эришиб яна уз мавкеини тиклаб мени фикримни исботлашларига шубхам йук ва яна ким кахрамон албатта Абрамов.
Аслида Абрамов ва термамиз канчалик кучлилигини сунгги (агар чика олсак) боскичда билиб оламиз.
Расулжон Тоштемиров
26/09/2019 07:42
Купер дангасалик килди у узига каттик ишониб кетди