Davron Fayziev: 3-o‘ringa ko‘tarildik, ammo sarhisob kuzda qilinadi

  • 12 may, 2019, 01:44
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bugungi bahs teng kurashlar ostida o‘tdi. Lekin yuzaga kelgan xavfli vaziyatlar sonini inobatga olganda bizning jamoamiz g‘alabaga ko‘proq haqliroq edi va yakunda aynan biz g‘alabaga erishdik.

Tecno

Balkim bugun bizning o‘yinimiz u qadar hujumkor chiqmagandir. Bu birinchi galda havoning biroz issiqroq ekani, qolaversa ikkinchi bo‘limda asosan natijani saqlab qolish uchun harakat qilganimiz bilan bog‘liq.

Bugungi bahsdan so‘ng musobaqa jadvalida ancha yuqoriladik. Lekin hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Ayni damda tarkibimizda yo‘qotishlar ham bor. Asosiysi mavsumni barqaror o‘tkazish lozim, qolganini esa kuzga borib sarhisob qilamiz", - deb Fayzievning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!