Davron Fayziev: "APLga monstr kelmoqda!"
OAVda "Borussiya" Dortmund yulduzi Erling Xolandning "Manchester Siti" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tgani haqida ma’lumot tarqaldi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev norvegiyalik futbolchining "tumanli albion"ga ko‘chib o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi:
"Manchester Siti" Erling Xoland bilan kelishuvga erishdi. Shartnoma 2027 yilgacha tuziladi va norvegiyalik futbolchi haftasiga 375 ming evro maosh oladi.
Demak, Pep Gvardiola ba’zi printsiplaridan voz kechadi. U bo‘ydor, taran markaziy forvardlarni o‘ynatmasdi. U yaqqol ajralib turuvchi yulduzlar bilan munosabatlarni ehtiyotkorlik bilan shakllantirardi. Bular ish bermadi. “Jallod” forvard kerak. "Siti" armiya, lekin katta o‘yinlarni shaxslar hal qilayotganiga hamma guvoh.
Xoland atrofida yangi formatdagi "Man Siti" quriladi. Undan qanot vingeri yasalmaydi. Gvardiola printsipdan natijani ustun qo‘yadi. Majbur. Va to‘g‘ri qiladi. APLga monstr kelmoqda".
Fikrlar