Davron Fayziev: G‘alati xabar...

  • 20 yanvar, 2022, 16:22
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti", "Real" va "Milan" kabi klublarda to‘p tepgan sobiq braziliyalik futbolchiga qamoq jazosi tayinlandi. 

Italiya sudi zo‘rlash aybi bilan Robinoni 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi. 37 yoshli sobiq hujumchi appelyatsiya berdi, biroq mazkur shikoyat rad etildi. Hukm qat’iy. Voqea 2013 yilda bo‘lib o‘tgandi.

Tecno

Ushbu holatga taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi sahifasida bu g‘alati xabar ekanligi, Robino bir paytlar bo‘lajak Pele sifatida qaralgani borasida fikr bildirdi.

- O‘tmishda Braziliya terma jamoasi, "Real Madrid", "Manchester Siti", "Milan" kabi klublarda ko‘plab yutuqlarga erishgan Robino esingizdadir. Unga Italiya sudi tomonidan 9 yillik qamoq jazosi belgilandi.

1591637907430467276

Hujumchi 2013 yili albaniyalik ayolni zo‘rlaganlikda aybdor, deb topildi. Hozirda Robino Braziliyada va Italiya tomon uning ekstraditsiyasini talab qilmoqda. Katta ehtimol bilan Braziliya buni amalga oshirmasligi kutilmoqda. U holda italiyaliklar jazo o‘sha erning o‘zida amalga oshirilishini so‘raydi.

Hammasi jiddiy. Bu jarayon anchadan beri davom etmoqda. Robinoning apellyatsiyalari rad qilingan. Uni bo‘lajak Pele deyishardi, natija esa… - deya fikr bildirdi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sattorov Xayriddin
20/01/2022 19:11
Ispaniya futbolni
Sattorov Xayriddin
20/01/2022 19:10
Wu kiwi zur olib borardilar reportajlarni
Sattorov Xayriddin
20/01/2022 19:09
Davron aka nima reportaj olib bormayampsiz ispaniya chepionatlarni olib bormaypsiz yoki charganmi davron fayziyev aaaaaaa real madridni barsani uyinlarni aaaaaa