Davron Fayziev nega "Real" - "Manchester Siti" uchrashuviga "Oltita haykal, ikkita kal" deya ta’rifladi?

  • 26 fevral, 2020, 12:09
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Evropa chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan "Real" - "Manchester Siti" uchrashuvi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yin oldidan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev telegramdagi o‘zining sahifasida quyidagi fikrlarni yozib qoldirdi.

Tecno

- Jahon futbolidagi eng mashxur ikki kal Xosep Gvardiola va Zinedin Zidan Evropa Chempionlar ligasidagi titullarini umumiy qo‘shib hisoblaganda oltita chiqadi.

Pep 3 bor bu turnir g‘olibiga aylangan, 2 marta murabbiy va 1 marotaba futbolchi sifatida. Hammasi "Barselona"da.

Zizu esa "Real"ni boshqargan davrda 3 bor chempion bo‘lgan, avvalroq 1 marta galaktikos futbolchisi sifatida "shalpanquloq" kubokni qo‘lga kiritgan. Barchasi "Real" safida.

Mana endi ularning yo‘li 1/8 bosqichida kesishdi. Bunday o‘yinlar uchun internetda 2 soatga etib ortadigan statistika va ma’lumotlar to‘lib yotgan bo‘lsa-da, ular umuman ahamiyatini yo‘qotadi. Ushbu klublar o‘ziga o‘zi afisha, o‘zi anons, o‘zi reklama.

Shunday ekan sizni longrid bilan qiynamay, shunchaki tunda nima kutayotganini yozib qo‘yaman.

Markaziy o‘yin!

Real Madrid - Manchester Siti

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davron Tashkenbaev
26/02/2020 12:13
Zidan shalponquloqni 5 martta yutgan. Anchelottini Realida u trener yordamchisi bo'lgan edi.